Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nikaragua Vatikan bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatdi
12:03 / 2023-03-13

Nikaragua Vatikan bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatdi, deb xabar tarqatdi ushbu Lotin Amerikasi mamlakati tashqi ishlar vazirligi.

“Nikaragua hukumati Vatikan bilan Nikaragua o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni to‘xtatishga majbur”, – deyiladi xabarda.  

Bayonotda munosabatlar to‘xtatilishi sabablari ko‘rsatilmagani aytilmoqda.  

Avvalroq Rim Papasi Fransisk Infobae yangiliklar portaliga bergan intervyusida Nikaraguada “juda qattiq diktatura” o‘rnatilgan degan edi va mamlakatda dindorlar ta’qib etilayotganini tanqid qilgandi.