French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nihol ekib, bog‘ yaratayotganlar
15:57 / 2026-01-23

FOTOREPORTAJ

Navoiy viloyati Karmana tumani Uyrot mahallasida joylashgan “Saidbobo Kenjayev” fermer xo‘jaligi maydonlarida parvarishlanayotgan mevali va manzarali ko‘chatlar tumanda barpo etilayotgan mo‘’jaz bog‘lar, mahalla guzarlari va ko‘chalarga o‘ziga xos ko‘rk bag‘ishlamoqda.

Xo‘jalik rahbari Elmurod Kenjayevga bog‘dorchilik va dehqonchilik kasbi ajdodlaridan meros bo‘lib qolgan. Ayni paytda xo‘jalikda 9,5 gektar maydonda turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtiriladi. Ayniqsa, archaning sosna, mojjevelnik kabi turlari hamda turfa gul nihollari xaridorgir.

[gallery-27269]

— Nihol yetishtirishning ham o‘ziga xos sir-sinoati bor, - deydi xo‘jalik rahbari Elmurod Kenjayev. — O‘tgan yili 300 ming dona nihol yetishtirdik. Yillik daromadimiz ham shunga yarasha bo‘ldi. Mehnatimiz tufayli ro‘zg‘orimiz obod, turmushimiz farovon. Shuningdek, 15 sotixdan iborat issiqxona ham tashkil etganmiz. Unda yiliga ikki marta hosil olamiz. Bahorda gul nihollari, kuz-qish mavsumida esa turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari parvarishlanadi. Xullas, aniq reja asosida mehnat qilinsa, uning samarasi albatta ko‘rinadi.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA