Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigora Xo‘jayeva: “Xalqaro trening ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi”
14:25 / 2022-06-04

Joriy yilning 29 may – 5 iyun kunlari Turkiyaning Sakarya shahrida agroekologiya, urug‘chilik yetishtirish kabi mavzularga bag‘ishlangan xalqaro trening o‘tkazildi.

Trening Italiyaning “Schola Campesin”, Qirg‘izistonning “Taraqqiyot tashabbuslari agentligi” jamoat fondi va “Çiftçi-sen” turk fermerlar ittifoqi hamkorligida va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.

 Qayd etilganidek, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiyadan kelgan mutaxassislar ishtirok etgan mazkur trening mavzu doirasida taqdimotlar, tajriba maydonlari bilan tanishish va qatnashuvchi davlatlar amaliyotini o‘rganishda keng imkoniyat yaratib berdi.

 FAOning mintaqaviy bo‘limi bilan hamkorlikdagi “Mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq fuqarolik jamiyati tashkilotlarini mustahkamlash” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan treningdan maqsad ishtirokchilarni agroekologiya barqaror oziq-ovqat tizimlari uchun taqdim etayotgan imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirish, shuningdek, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida fuqarolik jamiyati tashkilotlarining kuchli tarmog‘ini yaratishdan iboratdir.

  O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Nigora Xo‘jayeva trening ishtirokchilarda katta taassurot qoldirganini ta’kidlaydi.

 –Trening mashg‘ulotlari FAO ekspertlari, shuningdek, turkiyalik olimlar va agroekologiya sohasidagi mutaxassislar tomonidan olib borildi, – dedi N.Xo‘jayev. – Unda O‘zbekistondan “Agrar soha ayollari” uyushmasi va “Mohira Bonu” jamoat birlashmasi vakillari o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Treningda har bir davlat kelgan ishtirokchi agroekoloigya sohasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi. Bursada o‘tkazilgan tadbirlarda ham agroekologiya bo‘yicha loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bizga ma’lum qilishicha, 2001 yilda shahar hokimligi “Ekologiya” uyushmasi bilan birgalikda mahalliy navlar urug‘ini yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. bugungi kunda 600 navdan iborat  urug‘chilik fondi mavjud bo‘lib, organik mahsulotlar va organik urug‘lar bozori tashkil etilgan. “Shahar bog‘lari” loyihasi esa 2005 yildan buyon faoliyat yuritib, 2022 yilda 30 ming o‘ram urug‘lik bepul tarqatilgan. Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritadigan bir qator tashkilotlar faoliyati bilan tanishdik. 
 
 Aytish joizki, ushbu trening soha vakillarini bir maqsadga birlashtirish, o‘zaro tajriba almashish va amaliy natijalarga erishishda  muhim ahamiyat kasb etadi.


 Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA