Nigora Suvonova Jahon chempionati shohsupasida
Meksikaning Leon shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining qizlar o‘rtasidagi 76 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar bahsida hamyurtimiz Nigora Suvonova terma jamoamiz jamg‘armasiga 3 ta kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.
Nigora dast ko‘tarish mashqini 91 kg. vazndagi toshni o‘ziga bo‘ysindirgan bo‘lsa, siltab ko‘tarish mashqida 119 kg. shtangani ko‘tardi va ikki yo‘nalishda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa ikkikurash natijasiga ko‘ra, Nigora Suvonova jami 210 kg. natija qayd etgan holda 3 ta kumush medal sohibiga aylandi.
O‘zA