Nigina va Humoyun chorak finalda
Andijon shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimidan joy olgan turnirda Nigina Abduraimova va Humoyun Sultonov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Andijon shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimidan joy olgan turnirda Nigina Abduraimova va Humoyun Sultonov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Nigina ukrainalik Valeriya Straxovani ikkinchi davrada har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida yengdi va chorak finalda rossiyalik Anastasiya Zaxarova bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Humoyun esa rossiyalik Markos Kalovelonis ustidan 6:1, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Endi u turnirning chorak finalida ukrainalik Vladislav Manafov bilan kuch sinashadi.
Musobaqaning juftlik bahslarida Temur Ismoilov va Amal Sultonbekov ilk davrada muvaffaqiyatga erishdi. Xotin-qizlar o‘rtasida esa N.Abduraimova ukrainalik sherigi Ganna Poznirenko bilan chorak finalga yo‘l oldi.