Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigina O‘ktamova Osiyo o‘yinlari sovrindori
11:51 / 2023-10-03

Xanchjou shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining boks dasturida bugun to‘rt nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishi haqida xabar bergan edik. Ushbu janglarning ayollar o‘rtasidagi bahslarida Nigina O‘ktamova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Nigina 54 kilogrammgacha vazn toifasida yarim finalga qadar muvaffaqiyatli yetib bordi. Afsuski, ushbu bosqichda bokschimiz KXDR vakili Cholmi Pangga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shunday bo‘lsa-da, N.O‘ktamova yurtimizga bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi.

Quyida bugun jang o‘tkazadigan bokschilarimiz bilan tanishasiz:

  • -51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Zohaib Rashid (Pokiston) (chorak final) ;  
  • -57 kg: Abdumalik Xalokov - Karlo Palaam (Filippin) (chorak final);  
  • +92 kg: Bahodir Jalolov - Danabayk Baykuzi (Xitoy) (yarim final).

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA