Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigina Abduraimovaning uzoq kutilgan g‘alabasi
15:31 / 2025-06-04

Poytaxtimizdagi "Saxovat Sport Servis" majmuasida ayollar o‘rtasida davom etayotgan xalqaro tennis turnirida Nigina Abduraimova muvaffaqiyatli start oldi.

Aniqrog‘i, Nigina musobaqaning ilk davrasida neytral tennischi Darya Zelinskayaga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:7, 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi. Endi tennischimiz ikkinchi davrada hamyurtimiz Zlata Chinnova hamda Vaishnavi Adkar (Hindiston) uchashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Shuningdek, yana bir yosh tennischimiz Darya Shubina qozog‘istonlik Arujan Sagandikovani 6:1, 6:4 hisobida taslim qildi va ikkinchi davrada Darya Xomutsianskaya (neytral tennischi) bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.  

Afsuski, Maftunabonu Qahramonova va Sabrina Olimjonova mazkur bosqichda imkoniyatni boy berib qo‘ygan holda musobaqa bilan xayrlashdi. 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA