Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigina Abduraimova Tunisda chempion bo‘ldi
09:50 / 2022-01-31

Tunisda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ayollar o‘rtasidagi "A4MonastirW25" turnirida mamlakatimiz sharafini Nigina Abduraimova munosib himoya qildi.

Nigina finalga qadar rossiyalik Yekaterina Reyngoldni,belaruslik Anna Kubarevani, belgiyalik Isalin Bonaventyureni, xorvatiyalik Tereza Mrdejani yengib final bosqichiga yo‘l oldi.

So‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida tennischimiz Nigina Abduraimova koreyalik Xan Na Reni uch setda – 6:3, 4:6, 7:6 hisobida taslim qildi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.