Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigina Abduraimova final yo‘llanmasi uchun kortga tushadi
10:37 / 2023-12-09

Dubay shahrida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Nigina Abduraimova g‘alabali odimlarini davom ettirmoqda.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina chorak finalda bolgariyalik Izabella Shinikovani 7:6(7), 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 1/2 finalga chiqdi.

Endi Nigina Abduraimova final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Anastasiya Tixonovaga qarshi kortga tushadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:30 boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA