Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigina Abduraimova eng kuchli 200 nafar tennischi qatoriga kirdi
10:13 / 2022-08-10

Nigina Abduraimova joriy yilda xalqaro turnirlardagi bir qator muvaffaqiyatli chiqishlaridan so‘ng dunyoning eng kuchli tennischilari reytingida 13 pog‘onaga ko‘tarildi. Hozir Nigina 175-o‘rinni egallab turibdi va “Katta dubulg‘a” turkumidagi asosiy turnirlardan biri – US Open turniriga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Nigina Abduraimova O‘zbekistonning eng nomdor tennischilaridan biri, milliy terma jamoa a’zosi, yirik xalqaro turnirlarda yurtimiz sharafini bir necha bor himoya qilgan.

Niginaning so‘nggi yutug‘i – Polshada sovrin jamg‘armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ITF World Tennis Tour turniri bo‘lgan edi. U bu turnirda ishtirok etib, chorak finalga chiqdi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasining mamlakatimizda tennisni rivojlantirish yo‘lida “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorligi va qo‘llab-quvvatlanayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tennischilarimizning turli xalqaro turnirlarda erishayotgan yutuqlari ana shunday hamkorlik mahsulidir.

“O‘zmilliybank” AJ matbuot xizmati.