Nigina Abduraimova Chexiyadagi "yurishi"ni boshladi
Polshada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida "W100 GRODZISK MAZOWIECKI" musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini tajribali tennischimiz Nigina Abduraimova munosib himoya qilmoqda. U turnirning yakkalik bahslari asosiy to‘rida rossiyalik Valeriya Savinixga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:3, 6:4 hisobida raqibi ustidan zafar quchdi.
Endi Nigina Abduraimova xalqaro turnirning ikkinchi davrasida chexiyalik Linda Noskova bilan raqobatlashadi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA