Nigeriyada yuk mashinasi halokatga uchradi: qurbonlar bor
Nigeriya shimoli-sharqidagi Kano shtatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.
Shtat gubernatori Abba Yusufning so‘zlariga ko‘ra, voqea Kvanar-Barde qishlog‘i yaqinidagi Gujunga hududida yuz bergan.
Ta’kidlanishicha, hodisaga haydovchining bee’tiborligi sabab bo‘lgan. Baxtsiz halokat oqibatida yaralanganlar shtatdagi turli kasalxonalarga olib ketilgan.
Rasmiylar haydovchilarni ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ymaslik va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA