Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigeriyada vabo qurbonlari ko‘paymoqda
10:54 / 2024-10-08

Nigeriyada vabo epidemiyasidan vafot etganlari soni 359 nafarga yetdi. Mamlakat Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotiga ko‘ra, yil boshidan buyon 10 857 vabo yuqtirish holati aniqlangan. Ayniqsa, shu yil mamlakatda kasallik keskin oshgan. Epidemiya poytaxt Abuja va yana 36 shtatga tarqalgan. 26 iyun kuni Afrikaning ushbu davlatida favqulodda holat e’lon qilingan.

O‘tgan yil 3000 dan ortiq vabo qayd etilib, 100 dan ziyod insonning yostig‘i qurigan.

Vibrio bakteriyasi keltirib chiqaradigan vabo xastaligi oziq-ovqat va suv orqali yuqadi va kuchli diareya, suvsizlanish keltirib chiqaradi. Vaqtida davolanmasa, o‘limga olib keladi.

Toza suv yetishmasligidan tashqari, Nigeriyadagi yuqumli infeksiya va o‘lim xavfi tibbiy xizmat yetishmovchiligi bilan ham bog‘liq. Ushbu mamlakatda bezgak, poliomiyelit, tif isitmasi va maymun chechagi virusi ham tez-tez uchraydi.