Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigeriyada universitetdan 30 kishi o‘g‘irlab ketildi
23:09 / 2023-09-23

Qurollangan noma’lum odamlar Nigeriya shimoli-g‘arbidagi Zamfara shtatida joylashgan Gusau universitetiga hujum uyushtirib, 30 dan ziyod kishini majburlab olib ketishdi. Voqeaning achinarli jihati shundaki, o‘g‘irlanganlarning 24 nafari talaba qizlar.

Mahalliy aholi vakillari “Frans Press” agentligiga hikoya qilishicha, o‘nlab jangarilar Gusau shahri yaqinidagi Sabon-Gida qishlog‘ida joylashgan uchta xotin-qizlar yotoqxonasiga bostirib kirgan. Jinoyatchilar o‘quv muassasasining yangi binosida ta’mir ishlarini bajarayotgan 9 nafar payvandlovchini ham qo‘shib olib qochishgan.

“Ular (jangarilar – tahririyat) yotoqxonadan kamida 24 nafar talaba qizni ikki erkak bilan birga olib chiqishdi... yigitlarning biri universitet xodimi”, – deydi voqea joyiga yaqin qishloqda yashaydigan mahalliy aholi vakili.

Hodisa yuz bergan manzilga yetib kelgan Nigeriya armiyasi harbiylari va hujum qilganlar o‘rtasida otishma bo‘lib o‘tgan. Agentlik aniqlanmagan ikki noma’lum manbaga tayanib, bosqinchilarning bir qismi garovga olinganlarni olib, noma’lum tomonga qochishga muvaffaq bo‘lganini yozgan.

“News Agency of Nigeria” – NAN armiya vakili general Ibrohim Yaxay bayonoti asosida xabar berishicha, 6 kishi ozod qilingan.

Axborotda mulozimning “Harbiylar bosqinchilardan AK-47 avtomati... to‘rtta mototsikl va aloqa vositasini ham musodara qilishdi”, – degan gapini ham iqtibos sifatida keltirgan.