Nigeriyada qurolli guruh 50 kishini o‘g‘irlab ketdi
Nigeriyaning Zamfara shtatida qurollangan kimsalar odamlarni olib ketgan, deya xabar tarqatdi "Frans Press" agentligi ushbu mamlakatdagi zo‘ravonlik bo‘yicha ekspertlar BMT uchun tayyorlagan hisobotga tayanib.
— Bosqinchilar janubi-g‘arbdagi Zamfara shtati Sabon-Garin-Damri qishlog‘iga hujum qilib, 50 dan ortiq insonni o‘g‘irladi, — deyilgan yakshanba kuni tarqatilgan xabarda.
Mazkur mintaqaning chekka qishloqlari doimiy ravishda zo‘ravon hujumdan aziyat chekmoqda. Jinoyatchilar keyin tovon puli undirish uchun oddiy aholi vakillarini o‘g‘irlaydi yoki uylarni talon-taroj qiladi. Ko‘pincha olib ketilganlar bosqinchilar qo‘lida halok bo‘ladi.