Nigeriyada qayiq ag‘darilib, 25 kishi halok bo‘ldi
Nigeriya shimoli-sharqidagi Yobe shtatida yo‘lovchi tashiydigan qayiq ag‘darilib ketdi. Oqibatda 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy Favqulodda vaziyatlar agentligi (SEMA) bosh kotibi Muhammad Goje ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilarni Jigavaga olib ketayotgan qayiq kecha tunda daryoning Nguru tumani hududidagi oqimida ag‘darilgan. 13 inson qutqarilgan, ammo 14 fuqaroning taqdiri noma’lum. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti. Qayd etish joiz, Nigeriyada bunday voqealar tez-tez uchraydi. Shu bois mamlakatda baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish uchun 2025 yil 10 sentyabrda litsenziyasiz qayiqlarga mamlakat bo‘ylab harakatlanish taqiqlangan.
G.Sattorova, O‘zA