French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigeriyada portlash: qurbonlar bor
18:22 / 2025-12-25

Nigeriya shimoli-sharqida joylashgan Borno shtatidagi masjidda portlash sodir bo‘ldi va ko‘plab odamlar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, xudkush Gambaru tumanidagi markaziy masjidda kechki namozga yig‘ilgan odamlarni nishonga olgan. Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Tahlilchilar terakt ortida “Boko Haram” turganini istisno etmayapti.

Ma’lumki, “Boko Haram” terror tashkiloti Nigeriyada 2000 yillarning boshidan beri faol harakatda bo‘lib, 2009 yildan buyon o‘n minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan ommaviy teraktlar sodir etgan. Ayniqsa, ushbu qurolli guruhlar 2015 yildan beri qo‘shni davlatlar — Kamerun, Chad va Nigerda ham hujumlar uyushtirdi. Tashkilotning Chad ko‘li havzasida uyushtirgan hujumlarida kamida 2 ming kishi halok bo‘lgan edi.                                                                                                                                 

G.Sattorova, O‘zA