Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigeriyada o‘quvchilar o‘g‘irlab ketilishi xavfi yuqori bo‘lgan yettita maktab yopib qo‘yildi
10:32 / 2021-06-21

Nigeriyaning shimoli-g‘arbida Kebbi shtatida qurolli to‘dalarning o‘quv muassasalariga hujumlari to‘xtamayotgan bir sharoitda kamida yettita maktabni yopib qo‘yishga to‘g‘ri kelmoqda, deb ma’lum qildi mahalliy Today nashri Nigeriya o‘qituvchilar ittifoqi bergan ma’lumotlarga tayanib.

Bundan avvalroq ommaviy axborot vositalari Kebbi shtatida bosqinchilar tomonidan kollejning 30 nafar o‘quvchisi hamda uch murabbiyini o‘g‘irlab ketgani haqida ma’lum qilgan edi. Hozirgacha Nigeriya armiyasi besh o‘quvchi va ikki o‘qituvchini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.  

May oyi oxirida qurolli to‘da Niger shtatida 200 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketgandi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, bosqinchilar hujumiga duch kelish xavfi yuqori bo‘lgan yetti maktab yopib qo‘yiladi. Xabarda aytilishicha, hukumatning ushbu qarorini o‘qituvchilar ham ma’qullagan. Shuningdek, hukumat maktablarni qo‘riqlash uchun politsiyachilar va ko‘ngillilarni jo‘natgani haqida aytilmoqda.