Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan maktab o‘quvchilari qutqarildi
– Qurollangan kishilar tomonidan mamlakatning markaziy qismidagi Kuriga qishlog‘ida joylashgan maktabdan o‘g‘irlab ketilgan 200 dan ziyod o‘quvchi ozod qilindi, – dedi gubernator Uba Sani ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilgan bayonotda.
Bolalarni jinoyatchilar changalidan qutqarish tafsiloti keltirilmagan, biroq ularni eson-omon uyiga qaytarishda yordam bergan Prezident Bol-u Tinubuga minnatdorlik bildirilgan.
Mart oyi boshida “Daily Post” nashri Kaduna shtatida 232 o‘quvchi o‘g‘irlab ketilgani haqida yozgan edi. Ta’kidlanishicha, bosqinchilar boshlang‘ich maktabga bostirib kirib, barcha o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketishgan.