Nigeriyada kamida 68 kishi qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi
Nigeriyaning Kaduna shtatida noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida bir kechada kamida 68 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy Daily Post nashri.
Hujum seshanba kunga o‘tar kechasi bir yo‘la to‘rtta qishloqqa uyushtirilgan. Noma’lum qurollangan tuda 68 kishini o‘ldirishgan, 63 ta uyni yoqib yuborgan va 68 gektar ekin maydonini payxon qilgan, deyiladi xabarda.