Nigeriyada isitmadan vafot etganlar 80 nafarga yetdi
Nigeriyada yil boshidan beri Lassa isitmasi tufayli hayotdan ko‘z yumgan insonlar soni 80 nafarga yetdi. Bu ma’lumot mamlakat Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi bayonotida keltirilgan.
Mazkur epidemiya 11 shtatdagi 63 hududni qamrab olgan. 3-9 fevral oralig‘ida 8 shtatda aniqlangan 54 xastalanish holatidan 10 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Natijada jami bemorlar 413 nafarga yetdi. O‘lim darajasi 2024 yilning shu davridagi 17,5 foizdan 19,4 foizga ko‘tarildi. O‘tgan yil Lassa isitmasi butun mamlakat bo‘ylab 190 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.
Odatda kalamush yoki sichqon orqali yuqadigan ushbu xavfli kasallik odamdan odamga ham yuqib, o‘limga olib kelishi mumkin.