Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nigerdagi voqealar Afrikada keng ko‘lamli urushga sabab bo‘lishi mumkin
12:19 / 2023-08-07

NATOning Yevropadagi qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni, AQSH harbiy dengiz kuchlari sobiq admirali Jeyms Stavridisning ta’kidlashicha, Nigerdagi vaziyat Afrika qit’asida keng ko‘lamli urushga aylanib ketishi mumkin.

Avvalroq EKOVAS isyonchilarga Prezident  Muhammad Bazumni o‘z lavozimiga tiklash uchun bir hafta muhlat bergan edi. Hamjamiyat komissiyasi rahbari Omar Ali Turening bayonot berishicha,  mamlakatda konstitutsiyaviy tartibni tiklash uchun EKOVOS kuch ishlatishi mumkin. Buning uchun allaqachon reja ishlab chiqilgani ham ma’lum qilingan.  

“Nigerdagi vaziyat Afrikada keng ko‘lamli urushga olib keladimi? Shubhasiz, buning uchun xavf yetarli”, – deb yozgan Stavridis o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.  

O‘zA