Nigerda isyonchilar to‘rt vazir va hukmron partiya yetakchisini hibsga oldi
Nigerda davlat to‘ntarishi amalga oshirgan harbiylar to‘rt vazir va hukmron partiya yetakchisini hibsga oldi, deb xabar tarqatdi “Frans Press” agentligi.
“To‘rt vazir – ularning biri sobiq vazir va Prezident Muhammad Bazumning partiyasi a’zosi”, – deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.
Niger Prezidenti hanuz bir guruh harbiy isyonchilar tomonidan o‘z qarorgohida ushlab turilibdi. Bazumning ahvoli joyida, o‘zini yaxshi his qilmoqda, deyiladi xabarda.