Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Niger Prezidentini o‘z soqchilari hibsga oldi
11:16 / 2023-07-27

Niger Prezidenti gvardiyasi davlat to‘ntarishiga urinib, mamlakat rahbari Muhammad Bazumni qo‘lga oldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, Bazum va ichki ishlar vaziri Hamadu Adamu Suley Prezident saroyida hibsga olingan.  

Bugun erta tong davlat rahbarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi Bazum va uning oilasi “o‘zlarini yaxshi his qilayotgani” haqida yozdi. Biroz vaqt o‘tgach, bu xabar o‘chirildi.  

Qayd etilishicha, davlat to‘ntarishiga urinish ortida, qariyb, 10 yildan beri Prezident gvardiyasini boshqarib kelayotgan general Umar Tchiani turibdi.  

2021 yil fevralda prezidentlik lavozimini egallagan Muhammad Bazum Nigerning demokratik yo‘l bilan saylangan ilk yetakchisi hisoblanadi.  

 

O‘zA