Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Niger isyonchilari yetakchisi Fransiya harbiylaridan xavotirda
11:21 / 2023-08-21

Nigerdagi “Vatanni himoya qilish bo‘yicha milliy kengash” (CNSP) rahbari general Abdurahmon Tchiani G‘arbiy Afrika iqtisodiy hamjamiyati (EKOVAS) bilan muzokara chog‘ida Fransiya mamlakatga hujum qilishni rejalashtirayotganidan xavotir bildirdi, deya xabar tarqatdi “Assoshieyted Press” agentligi.

Avvalroq “Al Arabiya” telekanali EKOVAS delegatsiyasi Nigerda isyonchilar bilan o‘tkazgan muzokara natija bermagani to‘g‘risida axborot tarqatgan edi.

Tchiani ta’kidlashicha, “mamlakatda Fransiyaning 1 500 nafar harbiy hizmatchisi bor, Niger qurolli kuchlarini o‘qitgan va birgalikda harbiy amaliyotda qatnashgan ushbu tarkib hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda”.

General EKOVASni sanksiyani bekor qilishga chaqirgan, biroq evaziga hech narsa taklif eta olmagan. Shuningdek, muxolifat hokimiyatni hibsda saqlanayotgan Prezident Muhammad Bazumga qaytarishni ham  rad etgan.