Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Niger isyonchilari mamlakatga xorijiy kuchlar bostirib kirishi mumkinligini ma’lum qildi
11:10 / 2023-08-07

Al-Arabiya telekanalining xabar tarqatishicha, Nigerda harbiy to‘ntarishni amalga oshirgan isyonchi harbiylar xorijiy kuchlar mamlakatga bostirib kirishga tayyorlanayotgani haqida ma’lum qilib, “mamlakat havo kengliklari yopiladi”, deb bayonot bergan.

“Qo‘shni mamlakatlar tomonidan intervensiya xavfi kuchaygani bois barcha samolyotlar uchun yakshanba kundan boshlab mamlakat havo kengliklari yopildi”, – deyiladi harbiylar hukumati tarqatgan bayonotda.  

Avvalroq EKOVAS (G‘arbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyati) isyonchilarga mamlakat prezidenti Muhammad Bazumni hokimiyatga qaytarish uchun bir hafta muhlat bergan edi. Agar tashkilotning talabi qondirilmasa, konstitutsiyaviy tartibni tiklash uchun kuch ishlatiladi, degan edi ular.  

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Nigerga ehtimoliy harbiy aralashuv rejasi allaqachon ishlab chiqilgan.  

Sputnik radiosining xabar berishicha,  isyonchilar “vagnerchilar”dan yordam so‘ragan.  

 

O‘zA