English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Niderlandiyada rossiyaliklarning 600 million yevrolik aktivlari muzlatildi
16:16 / 2022-04-13

Rossiya Federatsiyasiga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Stef Blok ana shu haqda bayonot berdi.

"Biz Niderlandiyada rossiyaliklarning 600 million dollargacha bo‘lgan aktivlarini muzlatib qo‘ydik. Bu bizning ushbu masalada Yevropa reytingining pastki qismida turmaganimizni bildiradi", – deyiladi Gollandiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan tarqatilgan Blok bayonotida.  

Uning ta’kidlashicha, aktivlari muzlatilmagan Rossiyaga tegishli kompaniya yoki shaxslar yana bormi, degan savolga javob topish uchun hozirda huquq-tartibot organlari tekshiruv olib bormoqda. G‘arb mamlakatlari so‘nggi haftalarda Rossiyaga qarshi sanksiya joriy qildi, jumladan, mamlakatga tegishli valyuta zaxiralari ham muzlatildi.  

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning ma’lum qilishicha, G‘arb mamlakatlari Ukraina tufayli joriy qilingan sanksiya doirasida Rossiyaning 300 milliard dollarini muzlatib qo‘ygan. Bu Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasining yarmini tashkil etadi.