English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Niderlandiyada noodatiy hukumat shakllanmoqda
13:27 / 2026-01-28

Niderlandiyada yetakchi siyosiy partiyalar kam uchraydigan ozchilik hukumatni tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Markazchi va Yevropa Ittifoqi tarafdori bo‘lgan D66 partiyasi konservativ Xristian-demokratlar hamda o‘ng qanot VVD bilan koalitsiya tuzadi. Ushbu ittifoq parlament quyi palatasidagi 150 o‘rindan atigi 66 tasini egallaydi.

Ayni holat yangi hukumatni har bir qonun va tashabbus bo‘yicha muxolifat bilan kelishishga majbur qiladi. Bundan tashqari, koalitsiya yuqori palata – Senatda ham ko‘pchilik emas. Bu esa qabul qilingan qonunlar to‘xtab qolishi xavfini oshiradi.

Shunday bo‘lsa-da, tomonlar siyosiy muvozanat va barqarorlikni aynan muloqot orqali ta’minlashdan umidvor.

Yangi hukumatga 38 yoshli Rob Etten bosh vazirlik qiladi. U Niderlandiya tarixidagi eng yosh rahbar hisoblanadi. Kelishuv yaqin kunlarda partiya deputatlari tomonidan tasdiqlanishi, rasmiy hujjat esa juma kuni e’lon qilinishi kutilyapti.

Vazirlar mahkamasi tarkibi bosqichma-bosqich shakllantiriladi, hukumat taxminan bir oy ichida ish boshlaydi. Siyosiy kuzatuvchilar fikricha, muvaffaqiyat nafaqat koalitsiya ichidagi kelishuvlar, balki muxolifat bilan samarali hamkorlikka ham bog‘liq bo‘ladi.

Musulmon Ziyo, O‘zA