French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Niderlandiyada ilk bor bolada maymun chechagi aniqlandi
11:10 / 2022-07-05

Niderlandiyada bolalarning maymun chechagini yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat aniqlandi, deyiladi mamlakat sog‘liqni saqlash milliy instituti (RIVM) tarqatgan xabarda.

Xabarda “Niderlandiyada 4 iyulgacha 352 kishida maymun chechagi  infeksiyasi aniqlandi”,  bemorlar orasida maktab yoshiga yetgan bola ham bor. U qanday qilib infeksiyani yuqtirib olgani institut olimlariga qorong‘u” ekani aytiladi. 

RIVM tarqatgan xabarda ta’kidlanishicha, kasallik holatlari, ayniqsa, nosog‘lom jinsiy hayot kechiradigan erkaklarda ko‘p uchramoqda. 

Maymun chechagi kam uchraydigan infeksiya bo‘lib, odamlardan odamlarga yuqadi. Maymun chechagi odatda yengil xastaliklar toifasiga kiradi va ko‘pchilik bemorlar bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, biroq ayrimlarda kasallik og‘ir kechishi mumkin.