Niderlandiya va Germaniya quruqlik qo‘shinlarini birlashtirishi mumkin
Blumberg agentligining yozishicha, Niderlandiyaning quriqlikdagi qo‘shinlari tarkibiga uchta jangovar brigada kiradi, ularning ikkitasi GFR qurolli kuchlariga integratsiyalashtirilgan.
Niderlandiya qirolligi armiyasi vakili Mayor Mark van de Bekning agentlikka ma’lum qilishicha, tarkibida uch ming askari bo‘lgan qolgan brigadalar shu yil aprelda integratsiya qilinadi.
Van de Bekning ta’kidlashicha, Niderlandiya hukumati bu borada yakuniy qarorga kelganicha yo‘q hali.
Gollandiyada chiqadigan NRC gazetasining yozishicha birlashgan kuchlar soni taxminan 50 ming kishiga yetkaziladi, shuning 8 minggi niderlandiyalik askarlarni tashkil etadi.
Ikki mamlakat quruqlikdagi kuchlarni birlashtirish rejasiga Gollandiyaning maxsus topshiriqlarni bajaruvchi Korps Commandotroepen bo‘linmasi kiritilmagan, deyilmoqda xabarda.