Niderlandiya bosh vaziri Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha arizaning istiqbollarini baholadi
Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi haqidagi arizani ko‘rib chiqish uzoq jarayon bo‘ladi, tezlashtirilgan holatda bunday ish ko‘rib chiqilmaydi, dedi Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Yevropa Ittifoqining Versaldagi navbatdan tashqari sammiti chog‘ida.
– Ariza Yevropa komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi. Biz hammamiz Yevropada qarindoshmiz. Biroq, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish ehtimoli uzoq davom etadigan jarayon", – deydi Ryutte. – Tezlashtirilgan ariza berish tartibi yo‘q. Qisqa muddatda Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukraina va uning prezidenti Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlaydi, deya qo‘shimcha qildi, u.
Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Zelenskiy 28-fevral kuni Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi arizani imzoladi. Ertasi kuni Yevroparlament Ukrainaga nomzod davlat maqomini beruvchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi.