“New Uzbekistan Business Case Competition” xalqaro akademik musobaqasidan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi «Yangi O‘zbekiston» universitetida “New Uzbekistan Business Case Competition” xalqaro akademik musobaqasiga start berildi.
Garvard biznes maktabi Sase-study metodologiyasi asosida tashkil etilgan mazkur xalqaro musobaqa oliy ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, mamlakatimizni xalqaro ta’lim va innovatsiyalar markaziga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida o‘tkazilmoqda.
Musobaqada O‘zbekiston, AQSH, Germaniya, Xitoy, Qozog‘iston va Ozarbayjondan 55 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi vakillari, 225 dan ortiq jamoa, 1000 nafarga yaqin talaba ishtirok etmoqda. Bu esa tadbirning xalqaro miqyosi va nufuzini yaqqol namoyon etadi.
[gallery-27668]
Ayni paytda musobaqaning saralash bosqichi bahslari qizg‘in pallada davom etmoqda.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA