Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“NEW MODA” respublika tanlovi yosh dizaynerlar uchun yana bir imkoniyat
14:14 / 2025-11-10

“NEW MODA” nafaqat dizaynerlar tanlovi balki imkoniyati cheklangan insonlar uchun o‘z iqtidorini namoyish etishga qaratilgan pillapoyadir. Yoshlar o‘rtasida zamonaviylik va milliy ruh uyg‘unlashgan holda yaratilgan kiyim-kechaklar shu sohaning ustalari hakamlar hay’ati ko‘z o‘ngida namoyish etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan Xalqaro inklyuziv xab va “Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizaynerlar va modelerlar assotsiatsiyasi hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha ilk bor yurtimizda amalga oshirilmoqda. 

Bu orqali tashkilotchilar imkoniyati cheklangan yoshlarning jamiyatga tez moslashishi uchun hamda iqtidorlarini namoyish etish, zamonaviy va istiqbolli kasblarni egallashlarida imkoniyatlarini kengaytiradi. 

[gallery-26195]

O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari va moda ustalari har bir iqtidor egasining ishlarini sinchkovlik bilan kuzatib bordi. Joylarda tashkil etilgan tanlovlarda 12 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan shu sohaga qiziquvchi va kerakli natijalarni qo‘lga kiritgan 60 nafar ishtirokchi o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Shundan 10 nafari final bosqichida qatnashdi. 

Tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan ishtirokchi Fransiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tadigan modalar namoyishida o‘zlarining kolleksiyalari bilan qatnashish imkoniga ega bo‘ladi. 

Sanjar Toshpo‘latov,

Nishonboy Abduvoyitov, O‘zA