Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nevrolog: "Bolalar temperamentiga mos munosabat qilish muhim!" (+video)
20:10 / 2023-10-23

Bolalar tug‘ilishi bilan bir-biridan fe’l-atvori jihatdan farq qiladi. Psixolog huzuriga kelgan ota-onalar: “Nega mening bolam doim qichqiradi, qo‘shnining bolasi esa juda xotirjam?” kabi savollar bilan yuzlanishadi. Endigina dunyoga kelgan go‘daklar haqiqatan ham, bir-biridan farqlanadi va bu tabiiy holat hisoblanadi. Chunki har bir go‘dakning o‘ziga xos temperamenti bor.

Temperament – bu asab tizimining tug‘ma, tabiat tomonidan tuhfa etilgan individual shaxsiy xususiyatlar to‘plami. Tabiat tomonidan berilgan bu shaxsiy xususiyatlar bolaning qanchalik faolligini, uning atrofidagi hayotga qanday munosabatda bo‘lishini, uning faoliyati qanchalik intensiv bo‘lishini belgilaydi. Temperamentni o‘zgartirib bo‘lmaydi, lekin uni boshqarishni o‘rganish mumkin.

Keling, yaxshisi, batafsil ma’lumotni nevrolog Nasiba Raupovadan eshitsak:

Batafsil

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hcziisB92Oc" title="Nevrolog: &quot;Bolalar temperamentiga mos munosabat qilish muhim!&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Yuqoridagi temperament turlari orasidan farzandingiz qaysi turga eng yaqin ekanligini aniqlashga harakat qiling va uning fe’l-atvorida unga nima yordam berishini va nima xalaqit berishi mumkinligini tushuning. Nima uchun u ba’zan siz kutgan va taxmin qilganingizdan boshqacha yo‘l tutadi? Sizda qanday umumiy xususiyatlar bor, bir-biringizni tushunishingizga nima xalaqit beradi? Unga individualligini saqlab qolish imkoniyatini berishga harakat qiling. Farzandingizga o‘zining “o‘zligini” his qilishiga yordam bering va undan qanday foydalanishni o‘rgating.

Shuni yodda tutingki, temperament turi insonning atrof-muhitdagi xatti-harakatlari va harakat uslubini belgilaydi. Agar farzandingizning xatti-harakatidagi salbiy nuqta sababini aniqlay olmayotgan bo‘lsangiz, bolalar psixologiga murojaat qiling.

"Salomatlik sirlari" turkum videolavhalarini kuzatishda davom eting, o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini e’tiborsiz qoldirmang.

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA