Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nevaramni kitobga oshno etaman”
14:52 / 2022-02-12

Samarqand shahar nuroniy jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy majmuasida tashkil etilgan aksiya shunday nomlandi.

– Kelajak avlodni ma’rifatli qilib tarbiyalash, kitob o‘qishga qiziqtirish biz, keksalarning burchimiz, – deydi Samarqand shahar nuroniy jamoatchilik kengashi raisi Xurshid Nurullayev. – Keksa otaxonu onaxonlar nevara-yu chevaralarini haftada, hech bo‘lmasa, bir marta kutubxonaga olib kelsa, ularda shu ko‘nikmani hosil qilishga turtki beradi. Shu maqsadda ushbu tadbirni tashkil etib, shahrimiz nuroniylarini kitob do‘koniga taklif etdik.

Nuroniylar nabiralarini “Kitob olami”ga yetaklab kelib, ular uchun turli xil kitoblar sotib oldi, ular bilan qo‘shilib, shu yerda mutolaa qildi.

G‘.Hasanov, O‘zA