Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Netfchi” 24 yil o‘tib chempionga aylandi
18:16 / 2025-11-22

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasinning 29-turining so‘nggi kungi bahslarida “So‘g‘diyona” – “Bunyodkor” va “Neftchi” hamda “Qizilqum” klublari o‘zaro raqobatlashdi.

Dastlab, “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Bunyodkor” jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Natijada chempionatimizning oxirgi turi oldidan poytaxt klubi ochkolarini 49 taga yetkazib, kuchli beshlikdan o‘rin oldi. “So‘g‘diyona” esa 37 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

Bu yilgi mavsumning eng muhim o‘yini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda “Neftchi” o‘zmaydonida “Qizilqum” jamoasini 4:1 hisobida taslim etdi va ochkolarini 64 taga yetikazib, O‘zbekiston Superligasida muddatidan oldin chempion bo‘ldi. “Qizilqum” esa 35 ochko bilan 9-o‘rinda qayd etildi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, “Neftchi” klubi muxlislari ushbu muvaffaqiyatni 24 yil kutdi. Endi Farg‘onaning bosh jamoasi kelasi mavus O‘zbekiston chempioni sifatida Elit Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadi.

[gallery-26389]

Endi 29-30 noyabr kunlari milliy chempionatimizning 30-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda quyidagi uchrashuvlarga guvoh bo‘lamiz.

29 noyabr: "Qizilqum" — "Sho‘rtan", "Nasaf" — "Dinamo", "Navbahor" — "Paxtakor";
30 noyabr: "Qo‘qon-1912" — "So‘g‘diyona", "Xorazm" — "Neftchi", "Bunyodkor" — "Andijon", "Buxoro" — "Surxon", "OKMK" — "Mash’al".

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA