Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Netanyaxuning mumdan yasalgan haykali yo‘q qilindimi?
14:06 / 2025-01-09

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video lavhada notanish shaxs Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Meksikadagi mum muzeyidan joy olgan haykali buzib tashlangani aks etgan.

CNN yozishicha, tasvirda siyosatchining oyog‘i ostida Falastin bayrog‘i yotibdi, haykalning yuziga qizil bo‘yoq sepilgan, so‘ng bolg‘a bilan urib, yiqitilgan.

Muzey mutasaddilari ushbu harakatni qoralab, majmua "hech qanday siyosiy, mafkuraviy yoki diniy bog‘liqlikka mansub bo‘lmagan, betaraf muassasaligi"ni qayd etgan.

Isroilning Meksikadagi elchixonasi voqeani zo‘ravonlik harakati, deb atadi.