French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Netanyaxu: “Mossad” bilan hech qanday kelishmovchilik yo‘q
10:52 / 2023-04-17

Isroil ommaviy axborot vositalari mamlakatdagi noroziliklarni tashqi razvedka xizmati “Mossad” rahbariyati qo‘llayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga javoban, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bu gaplar haqiqatdan yiroq ekani va Xizmatning butunlay uning nazorati ostida ekanini ta’kidladi. Bu haqda “NBC” telekanaliga bergan intervyuda o‘zi bayonot berdi.

Hukumat rahbarining qayd etishicha, aslida faqatgina “Mossad”ning yuridik maslahatchisi sud-huquq islohoti loyihasiga qarshi o‘tayotgan norozilik namoyishlarida kichik razvedka xodimlarining ishtirok etishi mumkinligi to‘g‘risida xulosa tayyorlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maslahatchi Isroil qonunchiligiga ko‘ra, “Mossad”ning kichik xodimlari namoyishlarda qatnashishi mumkin, lekin yuqori lavozimli xodimlarga mumkin emasligini aytgan.

“Aynan shu narsa tushunmovchiliklarga olib kelgan”, deb qo‘shimcha qildi Bosh vazir.

Avvalroq Internetga sizdirilgan Pentagonning maxfiy hujjatlarida Amerikaning razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, “Mossad” rahbariyati o‘z xodimlari va isroilliklarni mart oyida mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan hukumatga qarshi namoyishlardagi ishtirokini qo‘llagani haqida xabarlar tarqagan edi.

O‘zA