Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatning 10 yillik mudofaa byudjetini 350 milliard yangi Isroil shekeli (107,5 milliard dollar) oshirishga qaror qildi. Bu 2023 yilga nisbatan 70 foiz o‘sish.
Isroil davlat telekanali KAN xabariga ko‘ra, bu tashabbus moliya vaziri Bizalel Smotrich va iqtisodiyot bo‘limi rahbariyatining salbiy munosabatiga sabab bo‘lgan.
Hisobotda harbiy sarf sezilarli darajada oshishi kutilayotgani, bu esa fuqarolik xarajati qisqarishi, soliq ko‘tarilishiga olib kelishi qayd etilgan.
Rejalashtirilgan mudofaa byudjetining jami miqdori haqida ma’lumot berilmagan.
Mazkur qaror moliya vaziri Smotrich va mudofaa vaziri Isroil Kats o‘rtasidagi uchrashuvda qabul qilingan. Netanyaxu fikrini e’lon qilgach, Smotrich bilan kelishmovchilik yuzaga kelgan. U loyihaga rozi emasligini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida: 2023 yil 7 oktyabrdan keyin Isroil G‘azo, Livan, Yaman, Suriya va Eronga yirik zarbalar berdi. Shuningdek, Qatar poytaxti Dohada XAMAS delegatsiyasiga suiqasd uyushtirishga urindi.
Shu davrda mamlakatning mudofaa xarajati sezilarli darajada oshib, harbiy byudjetga sezilarli qo‘shimchalar kiritildi.
Hujumlar boshlangan 2023 yil Isroilning mudofaa xarajati 27,5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil bu raqam 46,5 milliard dollarga yetdi.
Go‘zal Sattorova, O‘zA