Eron Isroilning Yaqin Sharq mintaqasidagi mamlakatlar bilan munosabatni me’yoriga keltirishga qaratilgan intilishiga xalaqit bera olmaydi. Bu haqdagi bayonotni, Eron ma’naviy yetakchisi Ali Humainiyning bunday sa’y-harakati muvaffaqiyatli kechmasligi to‘g‘risidagi fikriga javoban, hukumat rahbari Binyamin Netanyaxu berdi.
“Isroilning fuqarolari, mintaqa xalqlari va butun insoniyat farovonligi uchun hamkorlari davrasini kengaytirishiga Eron to‘siq bo‘lolmaydi”, deyilgan matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.
2020 yil Isroil Vashington vositachiligida Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn bilan munosabatni yaxshilash to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolagan edi. Shundan keyin Sudan va Marokash ham shu yo‘ldan yurishdi. Avval Isroil faqat Misr va Iordaniya bilan diplomatik munosabatda edi.
Avgustda “The Wall Street Journal” nashri Vashington va Ar-Riyod Saudiya Arabistoni va Isroil munosabatini muvofiqlashtirish bo‘yicha umumiy shartlarni kelishib olgani haqida yozgan. Gazeta xabarida Saudiya Arabistoni falastinliklarga nisbatan yondashuvni o‘zgartirish, AQSH tomonidan xavfsizlik kafolati berish va tinchlik atomi yaratish sohasida ko‘mak berish evaziga Isroil e’tirof etilishiga kelishilgani taxmin qilingan.