Netanyaxu: Isroil Eronda erkin harakat qila oladi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu aytishicha, Isroil hozir Eron hududida harakatlanish uchun har qachongidan ko‘ra ko‘proq erkinlikka ega va Islom Respublikasidagi “har qanday joyga zarba berish” imkoniga ega.
– Ehtiyojimizga qarab, mamlakatning hamma joyiga borishimiz mumkin, – deya qo‘shimcha qilgan hukumat boshlig‘i armiya zobitlariga diplom topshirish marosimida.
Netanyaxu aytishicha, Isroil xavfsizlik tizimi oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad Eron yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir:
– Diqqatimiz markazida yadro masalasi turibdi va biz bu oliy niyatdan chekinmayapmiz. Ma’lum sabablarga ko‘ra, ayni maqsadga erishish rejamizni batafsil tavsiflab berolmayman.