Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Netanyaxu: HAMAS qurolsizlantirilmaguncha G‘azo tiklanmaydi
11:54 / 2026-01-28

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektorida Falastin davlati tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymasligini va mintaqani tiklash jarayoni HAMAS to‘liq qurolsizlantirilmaguncha boshlanmasligini ma’lum qildi.

– G‘azoni qurolsizlantirishdan oldin hududni tiklash haqida gap bo‘lishi mumkin emas, -dedi u “The Times of Israel” nashriga bergan intervyusida. – Turkiya yoki Qatar o‘z qo‘shinlarini G‘azoga kiritish rejasi ham yo‘q. Shuningdek, bu yerda Falastin davlati tashkil etilishi haqidagi gaplar ham asossiz.

Netanyaxuning qo‘shimcha qilishicha, Isroil asosiy e’tiborni HAMAS qurollarini yo‘q qilish, tunnel tarmoqlarini bartaraf etish va G‘azoni to‘liq demilitarizatsiya qilishga qaratadi.

D.Hakimov, O‘zA