Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Netanyaxu Falastin davlatiga qarshi
16:46 / 2025-11-17

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hududning hech bir qismida Falastin davlati tashkil etilmasligi to‘g‘risidagi e’tirozli fikri o‘zgarmaganini ma’lum qildi, deb yozgan DW nashri.

- Menga hech kimning qo‘llab-quvvatlashi yoki ma’ruzasi kerak emas, -  dedi Netanyaxu yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida.  

Bir kun avval, AQSH Prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlovchi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi loyihasida Falastin davlatchiligiga “yo‘l ochish” haqida gap ketgandan keyin o‘ta o‘ng partiyalar vazirlari Bezalel Smotrich va Itamar Ben-Gvir hukumat rahbaridan Falastin davlatini yaratish g‘oyasini rad etishni talab qildi.

Ben-Gvir, agar Netanyaxu chora ko‘rmasa, hukumat koalitsiyasidan chiqish bilan tahdid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Netanyaxu sentyabr oyida Oq uyga tashrifi chog‘ida Trampning rejasiga rozi bo‘lgan. Shundan beri u Falastin davlati yaratilishi imkoniyati haqida gapirmagan.

22 sentyabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron BMT Bosh Assambleyasi ochilishida Falastin mustaqilligini tan olishini e’lon qildi. Bir kun oldin Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Portugaliya ham xuddi shunday xabar berdi. Umuman, 24 sentyabrga kelib, BMTga a’zo 193 davlatdan deyarli 160 tasi Falastin mustaqilligini tan oldi.

G.Sattorova, O‘zA