Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat prezidentidan avf etishni so‘ramoqda. Bu haqda Isroil prezidenti idorasi xabar berdi.
2019 yilda Binyamin Netanyahuga korrupsiya, firibgarlik va xizmat mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq uchta jinoiy ish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Jumladan, u milliarder do‘stlaridan qimmatbaho sovg‘alar olgani, shuningdek, mediamagnatlarga o‘z faoliyati haqida OAVda ijobiy yoritish evaziga o‘lkada yengilliklar yaratib bergani iddao qilingan. Biroq Netanyahu o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib keladi.
Joriy yilning iyun oyida AQSH prezidenti Donald Tramp Netanyahu ishi bo‘yicha Isroildagi sud jarayonlarini to‘xtatish tarafdori ekanini bildirib, Isroil prezidentidan Netanyahuni afv etishni so‘ragan edi. Chunki Isroil prezidenti sud tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish huquqiga ega.
Netanyahuning ta’kidlashicha, mamlakat bosh vaziri bo‘lganligi uchun uning tarafdorlari va unga qarshilar ikkiga ajralgan. Binobarin, uning ishi mamlakatni bo‘lib yuborganini aytarkan, agarda afv etilsa bu milliy birdamlikni tiklashga yordam berishini ma’lum qilgan. Shuningdek, har hafta uch marta sudga kelishi talabi qo‘yilayotganligi, bu talab uning davlat boshqaruv ishlariga to‘sqinlik qilayotganini aytgan.
Isroil yetakchisi Ishoq Gersogning kengashi xabar berishicha, Prezident mamlakat bosh vaziri Netanyahuning afv to‘g‘risidagi iltimosini “mas’uliyat bilan va vijdonan” ko‘rib chiqadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Wy8YmTxQiYQ" title="Netanyahu Isroil prezidentidan afv etishni so`radi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA