French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
N.E.Saidxodjayevaga «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvonini berish to‘g‘risida
22:45 / 2022-01-28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

Xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlodni ezgu g‘oyalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, jonajon Vatanimiz va xalqimizga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar qalbida ilm-fan va bilimga intilish, mehnatsevarlik va bag‘rikenglik ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Toshkent shahri Sergeli tumani 300-maktab direktori Saidxodjayeva Nigora Ergashevnaga «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni berilsin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                         Sh.Mirziyoyev