English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nepallik alpinist Everest cho‘qqisini yigirma sakkizinchi marotaba zabt etdi
18:14 / 2023-05-23

"Nepallik yo‘lboshlovchi Kami Rita seshanba kuni dunyoning eng baland cho‘qqisi – Everestga yigirma sakkizinchi marotaba ko‘tarilib, toqqa chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatdi", deb ma’lum qildi cho‘qqiga chiqishni tashkillashtirgan Seven Summit Treks kompaniyasi ijtimoiy tarmoq orqali.

“Bugun ertalab Kami Rita yigirma sakkizinchi marotaba Everest cho‘qqisini zabt etishga muvaffaq bo‘ldi”, – deya xabar tarqatdi mazkur kompaniya.

Xabarda ta’kidlanishicha, bundan oldingi rekordni ham 17 may kuni Kami Ritaning o‘zi o‘rnatgan edi,  22, 23 va  24- rekordlar ham unga tegishli.  

“Dunyo tomi”, deb ta’rif berilgan Everest cho‘qqisi ilk bor 1953 yil 29 mayda nepallik yo‘lboshlovchi Tensing Norgeyem va yangizelandiyalik alpinist Edmund Xillari tomonidan zabt etilgan.