Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nemolchi.uz loyihasi muallifi Irina Matviyenko nega o‘lim tahdidiga uchradi? (+video)
19:12 / 2023-05-04

Kecha 3 may kuni yurtimizda mustaqil faoliyat yurituvchi nemolchi.uz loyihasining muallifi va jamoatchilik faoli Irina Matviyenko o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida unga o‘lim bilan tahdid qilingani tufayli O‘zbekistonni tark etgani va ayni damda Tbilisida ekanligini ma’lum qilgan edi.

Mazkur holatga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy munosabat bildirib chiqdi. Unda aytilishicha:

AOKA bu kabi holatlarni so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, jurnalistlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi borasidagi yangicha ochiqlik siyosatiga zid xatti-harakatlar sifatida keskin qoralaydi. Shunga ko‘ra, AOKA voqelikni o‘rganish hamda vaziyatga huquqiy baho berish uchun  Bosh prokuraturaga ushbu masalani nazoratga olishni so‘rab rasmiy xat orqali murojaat qildi. Agentlik olib borilayotgan o‘rganish natijalarini diqqat bilan kuzatib boradi hamda jurnalist hayoti xavfsizligi ta’minlanishiga, shuningdek,  qonunchilikka zid ravishda tahdid qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishiga ishonadi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/r0I71tT9woQ" title="Nemolchi.uz loyihasi muallifi Irina Matviyenko nega o‘lim tahdidiga uchradi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Ayni paytda I.Matviyenkoning shaxsiy sahifasida e’lon qilingan xabar huquqni muhofaza qilish organlari va mutasaddi idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jurnalist Irina Matviyenko ijtimoiy tarmoqlarda jinsiy zo‘ravonlikka qarshi chiqishlari bilan keng jamoatchilikka tanilgan. Xorazm viloyatidagi 3 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan bog‘liq xabar ham dastlab nemolchi.uzda ma’lum qilingan edi.

O‘.Alimov tayyorladi, O‘zA