Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nega tez-tez qum bo‘roni kuzatilyapti?
11:36 / 2021-06-03

Mamlakatimizning turli hududlarida tez-tez kuzatilayotgan qum bo‘ronlarini «O‘zgidromet» axborot xizmati quyidagicha izohladi: O‘zbekiston uchun changli bo‘ron juda tez-tez uchraydigan hodisa.

 Ko‘pincha bunday hodisalar qurg‘oqchil hududlar – cho‘l va yarim cho‘l hududlarda sodir bo‘ladi.

Joriy yilning may oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha bir nechta changli bo‘ron hodisalari kuzatildi. Hatto Toshkentda ham 29 may kuni shiddatli kuchli shamol hisobiga changli bo‘ron bo‘ldi.

Toshkent qurg‘oqchil hudud hisoblanmaydi, lekin so‘nggi yillarda poytaxtimizda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar juda katta miqdordagi qum va changning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda, ular hatto kuchsiz shamol esganda ham havoga ko‘tariladi.

O‘zA