French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nega tashkilotlarning barchasi ham yangi tartibda ishlamayapti?
15:10 / 2019-11-01

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?


Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Ularning xizmatlaridan aholi va yuridik shaxslar samarali foydalana olyaptimi? 

Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqida so‘z bordi. Tadbirda tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari, FHDYo bo‘limlari va arxivi tomonidan joriy yilning 9 oyida amalga oshirilgan ishlar, davlat xizmatlari markazlarini boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan integratsiyalashuvi va undagi muammolar, yangi xizmat turlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Bugun davlat bilan xalq o‘rtasidagi muloqot yangi bosqichga ko‘tarildi. Xalqning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish, qulaylik yaratish va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yangicha tizimi hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Viloyatdagi 19 ta tuman va shaharlardagi davlat xizmatlari markazlariga 2019 yilning o‘tgan davrida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 1 million 79 ming 476 ta murojaat kelib tushgan. 6 ming 453 ta yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari, 1 ming 496 ta tadbirkorlik sub’ektlari sayyor ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 

Shohimardon, Yordon, Chimyon kabi olis hududlarda ham davlat xizmatlari markazlari va ularning shoxobchalari faoliyat olib borayotgani, sohadagi islohotlar e’tirofga sazovor. Maqsad esa aniq – aholiga sifatli davlat xizmatini tashkil etish bilan odamlar mushkulini oson qilish. 

Ayni vaqtda yutuqlar bilan birga davlat xizmatlari markazlariga bog‘liq bo‘lmagan muammolar ham bor. Ko‘plab tashkilot va idoralar hali ham yangi tartibda ishlashga o‘tmagan. Ular markazlar bilan o‘zaro elektron axborot almashinishda integratsiya jarayonlariga tayyor emas. Aksariyat ma’lumotlar qog‘oz shaklida saqlanadi va yuritiladi. Korxona va tashkilotlarning avtomatlashtirilgan elektron tizimlari, elektron ma’lumotlar bazalari to‘liq shakllanmagan. 

– Shu kabi holatlar davlat xizmatlari markazlarida tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatilishiga to‘siq bo‘layotir, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish va davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlari bilan hamkorlik qilish bo‘limi boshlig‘i Saidkamol Muhammadjonov. – Nafaqat markazlar, balki tuman va shaharlardagi davlat organlari, korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashish deyarli yo‘lga qo‘yilmagan. Ya’ni elektron pochta, e-xat, e-ijro kabi axborot almashish tizimlaridan foydalanilmaydi. Bu tizimlar faqatgina viloyat markazidagi boshqarmalarda mavjud xolos. Shu sababli kerakli ma’lumotlarni olish uchun integratsiyalashmagan bu tashkilotlar fuqarolarning o‘zlaridan foydalanmoqda. Bu esa fuqarolarni sarson qilish, deganidir. 

Anjuman davomida FHDYo, maktabgacha ta’lim muassasalari va DXM hamkorligi masalalari, kadastr hujjatlarini tayyorlash, mobil xizmatlar, kommunal sohalarda keng munozara va bahslar bo‘lib o‘tdi. Jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.