Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nega Ispaniyada suv va yerning qadri baland?
20:08 / 2020-02-27

Ispaniyalik mashhur yozuvchi Migel de Servantes asari qahramoni Don Kixot obrazi oʻzbeklarning ham sevimli qahramoniga aylangan.


Ispaniyalik mashhur yozuvchi Migel de Servantes asari qahramoni Don Kixot obrazi oʻzbeklarning ham sevimli qahramoniga aylangan. Bu kitobni oʻqish jarayonida ispan xalqining tantiligi, yaxshi yashashga intilishini his qilasiz. Don Kixot obrazida qishloq fuqarosining gʻoyat sodda yashash tarzi, samimiy xarakteri gavdalanadi.

Ispaniya qishloqlari, yashil dalalarini kezar, kamtar va samimiy odamlar bilan suhbatlashar ekanmiz, beixtiyor ular orasidan Don Kixotni izlay boshlaymiz.

Almeriya shahridamiz. Togʻlar yashillikka burkangan. Ispaniyaliklar har bir qarich yerning qadriga yetar ekan. Suvga boʻlgan munosabatiga esa shahar yaqinidagi suv ombori bilan tanishganimizda yana bor amin boʻldik. 15 ming gektar maydonni sugʻorishga moʻljallangan ushbu suv inshooti 2000-yilda qurilgan. Shu bois, bu yerda zamonaviy texnologiyalar asosida suv taqsimlanadi.

– Bu yerda atigi 3 ishchi ishlaydi. Suv ombori strategik obyekt emas. Suvning narxi qimmat ekanini bilgan har bir foydalanuvchi unga ongli munosabatda boʻladi, – dedi mazkur inshoot rahbari Pedro Eskribano.

Chindan ham bu zaminda suv va yerning qadri baland ekan. Togʻlar, adirlar va tekisliklarga daraxtlar ekilgan. Ishlar shu darajada rejali va tartib bilan amalga oshirilganki, ispanlarning mehnatsevarligiga qoyil qolasiz. Suv ombor atrofida zaytun va bodom daraxtlari parvarishlanadi. Maydonning toʻqson foizi esa zaytun hosiliga toʻgʻri keladi.